Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports 2026-yildan nosohaviy faoliyatni moliyalaştirişni töxtatadi
✈ Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports 2026-yildan nosohaviy faoliyatni moliyalaştirişni töxtatadi
Şavkat Mirziyoyev bugun, 2-fevral kuni bu böyiça taqdimot bilan tanişdi.
Unga köra, Uzbekistan Airports faoliyati 18 ta, Uzbekistan Airways’niki esa 16 ta ustuvor vazifa asosida amalga oşiriladi.
Şuningdek:
➖ Özbekistonda oçilayotgan Fuqaro aviatsiyasi universiteti va uning qoşidagi aviatsiya texnikumi 🇺🇸AQŞning Embry-Riddle, 🇫🇷Fransiyaning ENAC kabi xalqaro aviatsiya taʼlim markazlari bilan hamkorlikda taşkil etiladi.
➖ Universitetda bort kuzatuvçi, aviatsiya texnikasi böyiça mutaxassislar va mexaniklar kabi amaliy kasblar bilan birgalikda uçuvçilik, muhandislik, havo harakati dispetçerligi, boşqaruv böyiça ham kadrlar tayyorlaş va ilmiy dasturlar yölga qöyiladi;
➖ Navoiy xalqaro aeroportining tijorat va noaviatsion faoliyat körsatkiçlari 50 foizga oşiriladi, 25 tadan ortiq aviakompaniyalarning doimiy parvozlari yölga qöyilib, qayta işlanadigan yuk hajmi 20 ming tonnadan oşiriladi;
➖ Aeroport hududida havo kemalariga texnik va tijorat xizmatlari körsatişga ixtisoslaşgan “porto-franko” erkin bojxona zonasini taşkil etiş taklif qilindi;
➖ 2029-yil 1-yanvarga qadar havo kemalariga xizmat körsatiş uçun olib kiriladigan maxsus texnika va ehtiyot qismlar bojxona tölovlaridan ozod qilinadi. Hududdagi mehmonxona aeroport tasarrufiga ötkaziladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 4 Telegram Stars

