Kasbiy malaka sertifikatlari xarajatlarining 50 foizi miqdorida kompensatsiya tölanadi
Xorijda tan olinadigan va milliy kasbiy malaka sertifikatlari xarajatlarining 50 foizi miqdorida kompensatsiya tölanadi
Prezident Şavkat Mirziyoyev xususiy kasbiy taʼlimni rivojlantirişga oid taqdimot bilan tanişdi.
➖ Xususiy kasbiy taʼlim taşkilotlari bitiruvçilari loyihalarini qöllab-quvvatlaş uçun 5 mln dollarlik “Vençur jamğarmasi” taşkil etiladi;
➖ 2026-yildan boşlab har yili “kasb vauçeri” dasturi uçun 20 mlrd söm ajratib boriladi;
➖ Xususiy kasbiy taʼlim taşkilotlarini rivojlantiriş uçun yil yakunigaça ularni jihozlaş dasturiga 100 million dollar jalb qilinadi;
➖ Xususiy kasbiy taʼlim taşkilotlari uçun zarur asbob-uskuna va jihozlarni bojxona bojidan ozod qiliş, xorijiy öqituvçilar, mutaxassis va ustalar uçun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilaş taklif qilindi;
➖ Xorijiy mutaxassislar va malakali öqituvçilarni jalb qiliş xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi;
➖ Kasbiy malakani baholaş uskunalari va dasturiy mahsulotlar xarajatlarining 30 foizi miqdorida kompensatsiya tölanadi.
Davlat rahbari taqdim etilgan çoralarni maʼqulladi.
👉 @xushnudbek 👈



