ReklamaTushuntirish

Telegram kompaniyasi reklamalarini kanal admini joylagan postdan qanday ajratiş mumkin?

Foto11-fevral, 2026, 22:003 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Telegram kompaniyasi reklamalarini kanal admini joylagan postdan qanday ajratiş mumkin?

Avval ham aytganimdek, Telegram kanallarida avtomat çiqadigan reklamalar orasida kredit beramiz degan firibgarlar, sifatsiz va işonçsiz mahsulotlar, şuningdek, qimor hamda totalizator öyinlari ham uçrab turibdi.

Mana bu yerda batafsil:
https://t.me/xushnudbek/30015

Bu kabi reklamalarning kanalga aloqasi bölmaydi, kanal egasidan ruxsat söralmaydi yoki adminlar öçirib taşlay olmaydi (50-daraja boost olsa yöqoladi, lekin bu deyarli imkonsiz iş).

❓Xöş, kanal admini öz xohişi bilan joylagan reklama va Telegram majburiy körsatayotgan reklamani vizual jihatdan qanday farqlasa böladi?

Suratdagi belgilarga eʼtibor bering:

1️⃣ “Yopiş” va sozlamalar tugmasi (1-raqam)

Telegramning rasmiy reklamasida doim öng burçakda “x” belgisi va/yoki uç nuqta böladi. Bu orqali reklamani yaşiriş yoki şikoyat qiliş mumkin. “X” tugmasi bosilganda Telegram Premium sotib olişni taklif qiladi. Kanal admini joylagan oddiy postda bunday alohida ajralib turuvçi belgi bölmaydi.

2️⃣ Ulaşiş (forward) tugmasi (2-raqam)

Bu eng asosiy farqlardan biri.

🔴 Admin joylagan post tagida boşqalarga ulaşiş (forward) tugmasi albatta böladi.

🔵 Telegram reklamasida ulaşiş tugmasi bölmaydi va uni heç kimga yubora olmaysiz.

3️⃣ Körişlar soni va post çiqarilgan vaqt (3-raqam)

Bu ham eng asosiy farqlardan biri!

🔴 Admin joylagan post ostida uning qaçon joylangani (soati) va qança odam körgani (köz belgisi 👁) turadi.

🔵 Telegram reklamasida: Post ostida heç qanday vaqt va körişlar soni bölmaydi. U şunçaki matn yoki rasm holida turadi.

4️⃣ “Reklama” belgisi (4-raqam)

Telegram reklamalarida har doim matnning tepa qismida yoki burçagida “Reklama” (yoki ingliz tilida “Sponsored” yoki “Advertisement”) degan kiçik yozuv va “Bu nima?” ("What is this?") sörovi turadi. Admin postlarida esa bunday tizim yozuvi bölmaydi (admin özi “reklama” yozuvini qöymasa albatta).

5️⃣ Joylaşuv örni

Telegramning rasmiy reklamasi kanaldagi barça yangi xabarlar öqib bölingandan söng, eng pastda — “oxirgi xabar” sifatida körinadi. Telegramni yopib, yana qayta kanalga kirsangiz avvalgi reklama körinmay, yöqolib qoladi yoki örniga boşqa reklama çiqadi. Şu orqali ham kanaldagi reklamani Telegramning özi joylaganmi yoki kanal adminimi, aniqlab olsangiz böladi.

❗️Qisqa xulosa: Agar postning tagida eʼlon qilingan vaqti va “köz” belgisi (körişlar soni) yöq bölsa, postni boşqalarga ulaşiş imkoni bölmasa, tepasida “Sponsored/Reklama” deb yozilgan bölsa — bu kanal admini tomonidan emas, balki Telegram tomonidan qöyilgan reklamadir.

🗣️
P/S:
Kanallarda çiqib qolayotgan bu kabi reklamalarni körib, köpçilik “buni kanal admini joyladi” deb öylaşi mumkin. Şaxsan özimga ham “sizning kanalda çiqqani uçun işongandim” degan insonlar ham böldi (ular onlayn kredit olaman deb, aldanib qolişgan). Aslida esa Telegram platformasining özi avtomatik tarzda joylaştiradigan reklamalar (Telegram Ads) mavjud va uni menga aloqasi yöqligini alohida taʼkidlamoqçi edim.

👉 @xushnudbek 👈

  • 17 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek