Haydovçilarning mehnat va dam oliş qoidalarini buzganligi uçun javobgarlik belgilandi
❗️Haydovçilarning mehnat va dam oliş qoidalarini buzganligi uçun javobgarlik belgilandi
Bu böyiça qonun qabul qilindi.
Unga köra:
➖ Endilikda xalqaro va şaharlararo avtomobil taşuvlarini amalga oşirişda haydovçilarning mehnat va dam oliş rejimini buzganligi BHMning 7 baravari (2 mln 884 ming söm) miqdorida jarima solişga sabab böladi;
➖ Haydovçining iş vaqti davomiyligi 9 soatdan ortiq bölganda yoki 400 km va undan ortiq masofaga yölovçi va yuklarni taşişda mehnat va dam oliş rejimi Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilib boriladi;
➖ Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 145, 146-1, 176-4-moddalarida, yaʼni yölovçilarni çiptasiz taşiganlik, taşuvçining öz fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş böyiça majburiyatini bajarmaganlik uçun jarimaning aniq miqdori belgilandi;
➖ Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 113-1-modda bilan töldirildi. Bunda taşişlar xavfsizligini taʼminlaş böyiça qoida va talablarni buzganlik uçun mansabdor şaxslar va xizmatçilarga BHMning 10 baravari (4 mln 120 ming söm) miqdorida jarima solinadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 10 Telegram Stars



