Şaxsning şaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvçi maʼlumotlarni oşkor qilganlik uçun qanday jazo bor?
❓Şaxsning şaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvçi maʼlumotlarni oşkor qilganlik uçun qanday jazo bor?
Bu tasodifmi yoki yöqmi bilmadimu, lekin 3 kun oldin (11-aprel) imzolangan va eʼlon qilingan qonun asosida Jinoyat kodeksiga yangi modda qöşilgan edi.
Yangi qöşilgan 141-3-moddaga binoan, şaxsning şaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvçi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvçi maʼlumotlarni oşkor qilganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilandi.
❓Bunga nimalar kiradi?
Şaxs tanasining va (yoki) jinsiy aʼzolarining yalanğoç holdagi foto- va (yoki) videotasvirini öz içiga olgan axborotni uning roziligisiz tarqatiş, şu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmoğida tarqatiş yoxud bunday axborotni tarqatiş bilan qörqitiş uşbu jinoyat tarkibini taşkil etadi.
❓Qanday jazo bor?
Mazkur qilmiş uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 400 baravaridan (120 mln söm) 600 baravarigaça (180 mln söm) miqdorda jarima yoki 360 soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanadi.
❓Nimalar oğirlaştiruvçi holat hisoblanadi?
Öşa harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) ön sakkiz yoşga tölmaganligi aybdorga ayon bölgan şaxsga nisbatan sodir etilgan bölsa oğirlaştiruvçi holat hisoblanadi.
❓Oğirlaştiruvçi holatga qanday jazo beriladi?
Bunda 360 soatdan 480 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Yana qaytaraman, uşbu modda 3 kun oldin Jinoyat kodeksiga kiritildi. Ilgari bunday qilmiş uçun konkret jinoiy javobgarlik belgilanmagan edi.
👉 @xushnudbek 👈

