Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Senat uçun juda uyatli holat: yolğon ortiga bekinib, qonunni maʼqullaşmoqçimi?

Foto26-yanvar, 2024, 18:292 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Senat uçun juda uyatli holat: yolğon ortiga bekinib, qonunni maʼqullaşmoqçimi?

11-yanvar kuni Senatning rasmiy saytida organ xodimlarini foto/videoga olib internetda tarqatişni taqiqlaş haqidagi "15 sutka qamoq" qonunini yoqlaş mazmunida xabar eʼlon qilingan edi. Uşbu xabarda bu kabi qonun Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyada mavjud ekanligi yozilgan.

BBC Özbek xizmati Senat tarqatgan bu maʼlumotlarni faktçek qilibdi va uçalasi ham yolğon yoki noaniq maʼlumot ekanligini aniqlabdi.

1️⃣ 🇬🇧Buyuk Britaniyada politsiyani bemalol tasvirga oliş mumkin, bunga taqiq yöq. Hattoki bu London politsiyasining saytida yozib qöyilgan. Faqat bittagina holatda, yaʼni terrorizm xavfi mavjud bölsagina, terrorçi deya şubha qilingan şaxsdan tasvirga olişni töxtatişni söraşlari mumkin. Lekin keyinçalik u odam terrorçi bölib çiqmasa, unda şubha qilgan va tasvirga olişni töxtatgan politsiyaçining özi javobgarlikka tortiladi;

2️⃣ 🇫🇷Fransiya haqidagi maʼlumot ham mutlaqo notöğri ekan. Aniqroği Fransiyada politsiyani tasvirga olişni taqiqlovçi qonun qabul qilişgan, lekin öşa yilning özidayoq Fransiya Konstitutsiyaviy sudi uşbu qonunni Konstitutsiyaga zid deya topib, uni bekor qilgan ekan. Tasavvur qilyapsizmi, bu qonun Konstitutsiyaga zid deb topilgan!!! Bizning Senat esa uyalmasdan buni misol qilib keltiribdi🤦‍♂️;

3️⃣ 🇩🇪Germaniya haqidagi maʼlumot ham noaniq ekan. Yaʼni haqiqatdan Germaniyada boşqa şaxslarning tasvirini Internetda tarqatiş mumkin emas, ammo bu kasbidan, lavozimidan, kimligidan qatʼi nazar barça aholi uçun taalluqli qonun. Aynan organ xodimlari uçun alohida heç qanaqa modda yöq. Lekin agar politsiya qonun buzayotgan bölsa, unda bu holatni tasvirga olib, tarqtişga ruxsat berilgan ekan, çunki jamoat manfaati şaxsiy huquqlardan ustun qöyiladi.

🤷‍♂️ Ana şunaqa gaplar. Xulosa özingizdan. Senatorlar ham xulosa qiladi, degan umiddamiz. Hurmatli senatorlarimizdan yolğon asosiga qurilgan qonunni maʼqullamasliklarini sörab qolamiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek