Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Ramazon

Ramazonning 27-kuni: Har bir musulmon uçun sadaqa turlari haqida hadis

Matn6-aprel, 2024, 18:032 daqiqa0 koʻrish

6-aprel, şanba (27-kun)
Iftorlik vaqti: 18:56 (Toşkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Muso otasidan, u bobosidan rivoyat qiladi:

"Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

"Har bir musulmonning zimmasida sadaqa bor", dedilar.
"Bordiyu, topa olmasa-çi?" deyişdi.
"Qöli bilan mehnat qiladi, şunda öziga ham foyda keltiradi, sadaqa ham qiladi", dedilar.
"Agar bunday qila olmasa-çi (yoki qilmasa-çi)?" deyişdi.
"Boşiga iş tuşgan hojatmandga yordam beradi", dedilar.
"Agar şuni ham qilmasa-çi?" deyişdi.
"Yaxşilikka (yoki maʼrufga) buyuradi", dedilar.
"Agar şuni ham qilmasa-çi?" deyişdi.
"Unday bölsa, yomonlikdan tiyiladi, çunki bu ham uning uçun sadaqadir", dedilar".

📖 Şarh: Sadaqaning maʼnosi siz bilan bizning tasavvurimizga örnaşib qolganidan köra qançalik katta ekanini mana şu hadisdan bilib olamiz.

Bir kişida imkon bölsa, xayr-ehson, sadaqa qilsa — yaxşi, savobini oladi. Imkoni bor odam bu işni köproq qilişi kerak.

Ammo bunga imkoni yöq odam kuç-quvvati, hunari orqali ixlos bilan mehnat qilib, mol-dunyo topadi, öziga, oilasiga sarflaydi, ortib qolganini sadaqa qilib, savob oladi.

Baʼzilarning moli ham, işlaşga imkoni ham yöq bölsa, ularning sadaqasi hojatmand, muhtoj bölib turgan odamga yordam beriş ekan. Işini qilib beriş, yukini kötariş, yöl körsatiş, xullas, birorta odamning hojatini yaxşi niyat bilan çiqarib beriş ham sadaqa bölar ekan.

Endi şunga ham imkoni yöq odam ham sadaqa qiliş imkoniyatidan mahrum bölmas ekan. Bundaylar odamlarni maʼrufga çaqirib, yaxşilik qilişga undab tursa ham, sadaqa örniga ötadi.

Biroq eng notavon, hatto mazkur işlarni ham qila olmaydigan ahvolga tuşib qolgan, yaxşilik qilişning heç qanday imkoni yöq odamda ham sadaqa qiliş imkoniyati bölar ekan. Bunday odam yomonlikdan saqlanişi kerak ekan, yomonlikdan saqlangani uçun ham sadaqa qilganning savobini olar ekan.

Endi bir öylab köraylik. Uşbu hadisni çuqur tuşunib, unga amal qilişga ötsak, özimiz, oilamiz, jamiyatimiz - hamma-hamma faqat yaxşilikka kömilib ketişi, yomonlikning nomi öçişi şubhasiz. Çunki yomonlikni qilmay qöyiş ham "sadaqa" deb eʼtirof etilyapti.

Xulosa qilib aytadigan bölsak, bu hadisning ahamiyati nihoyatda katta bölib, u har bir inson, har bir oila, har bir jamiyat uçun şior bölişi lozim.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Odoblar xazinasi" kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek