Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Ramazon

30-mart, şanba (20-kun): Ota-onaning rizosi haqida hadislar

Matn30-mart, 2024, 18:451 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

30-mart, şanba (20-kun)
Iftorlik vaqti: 18:48 (Toşkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu rivoyat qiladi:

«Robbining rizosi ota-onaning rizosidadir. Robbining noroziligi ota-onaning noroziligidadir».

Imom Buxoriy rivoyat qilgan.

Yana boşqa bir hadis:

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu rivoyat qiladi:
«Bir odam Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, hijrat uçun bayʼat qilmoqçi böldi. U ota-onasini yiğlagan holda qoldirib kelgan edi. Ul zot: "Ota-onangning huzurlariga qaytgin, ularni qanday yiğlatgan bölsang, xuddi şunday qilib kuldirgin", dedilar».
Imom Buxoriy rivoyat qilgan.

📖 Şarh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ota-onaning roziligini topiş, ularni xursand qilişni hatto hijratdan ham ustun qöygan ekanlar.

Baʼzi hollarda yoşlar diniy amallarga qiziqib, ota-onalarning haqlarini ortga suriş holatlariga yöl qöyişi mumkin. Bunday paytlarda ilm sohiblari darhol ularga nasihat qilib, töğri yölga burişlari kerak ekan.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning Imom al-Buxoriy «Al-adab, al-mufrad» kitobiga şarhidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek