Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Ramazon

3-aprel, çorşanba (24-kun): Döst va qöşnilarning eng yaxşisi haqida hadis

Matn3-aprel, 2024, 17:341 daqiqa0 koʻrish

3-aprel, çorşanba (24-kun)
Iftorlik vaqti: 18:52 (Toşkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat qilinadi:

"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

"Alloh taoloning nazdida döstlarning eng yaxşisi döstlariga eng köp yaxşilik qiladiganidir.

Qöşnilarning eng yaxşisi qöşnilariga eng köp yaxşilik qiladiganidir", dedilar".

📖 Şarh: Demak, qöşnilarning eng yaxşisi qöşnilariga eng köp yaxşilik qiladigani bölar ekan. Biz ham ana şunday qöşnilardan bölişga harakat qilişimiz lozim va lobud.

Döstlarning va qöşnilarning yaxşisini aniqlaşda islomiy ölçovlarni işga solişimiz kerak böladi. Ularni nasabi, mansabi, mol-dunyosi, quvvati va boşqa narsalariga qarab emas, aynan döstlari va qöşnilariga yaxşilik qilişlariga qarab baholaşimiz lozim.

Uşbu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Döstlarning eng yaxşisi döstiga eng köp yaxşilik qilişiga qarab belgilanişi.

2. Qöşnilarning eng yaxşisi qöşnisiga eng köp yaxşilik qilişiga qarab belgilanişi.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Odoblar xazinasi" kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek