Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

«Taşabbusli byudjet»da sunʼiy ovoz yiğilayotgani haqidagi maʼlumotlar yolğon bölib çiqdi

Albom3-aprel, 2024, 14:074 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️"Taşabbusli byudjet"da sunʼiy ovoz yiğilayotgani haqidagi maʼlumotlar yolğon bölib çiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda rosa aylangan xabarda, oxirgi 3 ta raqami bir xil bölgan raqamlar orqali ovoz berilayotgani, bu esa sunʼiy ovoz beriş ekanligi aytilgandi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bu böyiça tekşiruv ötkazibdi.

Aniqlanişiça, Samarqand viloyati Paxtaçi tumani Çorgöşa mahallasiga yöl çiroqlari va transformator örnatiş böyiça taşabbus bildirilgan.

Mahalla faollari esa mahallada yaşaydigan hali nomiga birorta sim-karta olmagan va ovoz bermagan 117 nafar fuqaroning nomiga dilerdan yangi sim-karta olişgan. Diler esa rasmiylaştiriş oson bölişi uçun oxirgi törtta raqami bir xil (8963) bölgan sim-kartalar bergan.

Barça raqamlar mahallada haqiqatdan yaşaydigan real odamlar uçun berilgan va ular "Bir kişi — bir ovoz" prinsipiga amal qilib ovoz berişgan. Yaʼni ular avval ovoz bermagan bölgan. Bu esa ovozlarni haqiqiy deb hisoblaş uçun asos böla oladi.

Turli xakerlik yöllari bilan soxta ovoz köpaytirilgani haqidagi miş-mişlar esa öz isbotini topmagan.

❗️ ESLATMA: "Taşabbusli byudjet"da ovoz beriş ertaga, 4-aprel kuni soat 23:59 gaça davom etadi. Hozirgaça jami 11 mln 463 mingta ovoz berilgan. Bu juda dahşatli darajadagi faollik! Qoyil.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek