Xorazmda 30 nafarga yaqin fuqarolar özaro guruh-guruh bölib muştlaşişni rejalaştirganliklari aniqlandi
31-mart kuni Xorazm viloyat IIB tezkor-qidiruv xizmatiga Urganç tumani “Boğdorçi” mahallasi hududida 30 nafarga yaqin fuqarolar özaro guruh-guruh bölib muştlaşişni rejalaştirganliklari töğrisida maʼlumot kelib tuşgan.
Hodisa joyiga borgan viloyat IIB va DXX boşqarmasi tezkor xodimlari tomonidan uşbu guruhlar örtasida rejalaştirilgan özaro janjalning oldi olingan.
Aniqlanişiça, 2 nafar şaxs örtalarida kelib çiqqan özaro nizoni tanişlarini jalb qilgan holda, guruh-guruh bölib janjallaşib hal qilişga uringan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, 9 nafar şaxs ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan, hodisa iştirokçisi bölgan yana 6 nafar şaxsga 15 sutka muddatga maʼmuriy qamoq tayinlangan.
👉 @xushnudbek 👈

