Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Urganç şahar prokuraturasi katta tergovçisi firibgarlik ustida uşlandi

Foto25-iyun, 2025, 11:301 daqiqa0 koʻrish

Davlat xavfsizlik xizmati:

Urganç şahar prokuraturasi katta tergovçisi özining hamkasbi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat işini ayblov xulosasi bilan sudga yuborilmasdan, tergovda tugatib beriş evaziga 3 ming AQŞ dollari talab qilgan.

Natijada, katta tergovçi 2025-yilning 16-28-may oraliğida 1 ming dollar, 10 mln söm, qiymati 1 ming dollarga teng bölgan 1 dona seyf va 1 mln 300 ming sömlik 1 dona iş stoli jamlanmasini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan.

Ammo, fuqaro öziga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168 moddasi 1-qismi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan qözğatilgan jinoyat işi dastlabki tergovda tugatilmasdan, ayblov xulosasi bilan sudga yuborilganligini bilgaç, tergovçidan muqaddam berilgan pul mablağlari va aşyolarni qaytarib berişini talab qilgan.

Şundan söng, tergovçi 1 ming dollar, seyf va iş stoli jamlanmasini fuqaroga qaytarib bergan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Hozirda tergovçiga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek