Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Haj va Umra safariga noqonuniy yuborişni vaʼda qilgan bir guruh şaxslar uşlandi

Video14-may, 2025, 15:465 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Davlat xavfsizlik xizmati:

Toşkentda ötkazilgan tezkor tadbirda poytaxtda faoliyat yurituvçi turistik firmalardan birining 4 nafar xodimi 3 nafar fuqaroni işçi vizasi orqali Haj ziyoratiga yuboriş evaziga 7 ming AQŞ dollaridan hamda 1 nafar fuqaroni sayyohlik vizasi orqali yuboriş evaziga 5 ming dollar, jami 26 ming dollar talab qilib, oldindan 20 ming dollarni olgan vaqtlarida uşlandi.

***

Farğona viloyati Marğilon şahrida faoliyat yurituvçi turistik firmaning iş yurituvçisi 2 nafar fuqaroni Umra safariga yuboriş evaziga 2 ming 400 AQŞ dollari, şuningdek, 3 nafar fuqaroni Haj ziyoratiga yuboriş evaziga 15 ming dollar olgan vaqtida uşlandi.

***

Namangan viloyati Namangan şahrida yaşovçi şaxs joriy yilda Haj safariga yuboriş böyiça ijtimoiy tarmoqlarga soxta eʼlonlar joylab, 3 nafar fuqaroning işonçiga kirgan. Ularning har biridan 4 ming 900 AQŞ dollari, jami 14 ming 700 dollar olgan vaqtida uşlandi.

Yana bir holatda viloyatning Çust tumanida faoliyat yurituvçi turistik firma rahbari Umra ziyoratini taşkil etiş uçun tegişli lisenziyaga ega bölmay turib, 3 nafar fuqaroni 1 ming 350 AQŞ dollaridan, jami 4 ming 50 dollarga Umra ziyoratiga yuborişini aytib, şundan 4 ming dollarni olgan vaqtida uşlandi.

***

Toşkent şahrida yaşovçi şaxs poytaxtda faoliyat yurituvçi MÇJ orqali 5 nafar fuqaroni jami 27 ming AQŞ dollari evaziga Haj vizasi asosida diniy amallarni bajariş uçun Saudiya Arabistoniga yuborişni vaʼda qilib, oldindan 13 ming 500 dollar olgan vaqtida uşlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek