Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Qaşqadaryoda kompyuter qurilmalari işlab çiqarişga kelişildi

Albom24-yanvar, 2024, 15:212 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Qaşqadaryoda kompyuter qurilmalari işlab çiqarişga kelişildi

Şavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat taşrifi doirasida köplab yönalişlarda Özbekistonning masʼul taşkilotlari vakillaridan iborat kiçik delegatsiyalar ham Xitoyda muzokaralar olib bormoqda. Jumladan, Qaşqadaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Xitoyning Şenjen şahridagi kompyuter texnologiyalari yönalişidagi yirik kompaniyalar Şenzhen T.D.S Electronic Technology va xalqaro INTEL kompaniyalari hamkorligida Qarşi şahridagi erkin iqtisodiy zonada monoblok, noutbuk, “ona” platalar, videokartalar va boşqa kompyuter qurilmalari (hardware) işlab çiqariş böyiça kelişuvga erişgan.

Loyihaning dastlabki qiymati 30 mln dollar bölib, unda yillik 1 milliondan ortiq mahsulotlar va qurilmalar işlab çiqariladi.

2024 yilning 4-çoragida işga tuşirilişi rejalaştirilgan investitsiyaviy loyihada 120 kişi iş bilan taʼminlanişi kutilmoqda. Aksariyat xodimlar Xitoyda va xitoylik mutaxassislar iştirokida Özbekistonda malaka oşiradi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek