Asaka tumani prokurorining örinbosari pora bilan uşlandimi?
Asaka tumani prokurorining örinbosari pora bilan uşlandimi?
Boş prokuraturaning xabar berişiça, Andijon viloyati prokuraturasi va DXX viloyat boşqarmasi xodimlari iştirokida ötkazilgan tezkor tadbirda, bir fuqaro Asaka tumani prokuraturasi iş yurituvidagi jinoyat işi böyiça yengillik qilib berişni vaʼda qilib, firibgarlik yöli bilan boşqa fuqarodan talab qilingan 15 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçi şaxs protsessual tartibida uşlangan.
❗️Bayonotda aytilişiça, Asaka tumani prokurorining örinbosari tadbirda pora bilan qölga tuşganligi haqidagi maʼlumotlar mutlaqo haqiqatga töğri kelmaydi.
👉 @xushnudbek 👈


