Rossiyaning bosqinçi propagandasi Markaziy Osiyo xalqlariga oçiqdan-oçiq tahdid qilmoqda
Rossiyaning bosqinçi propagandasi Markaziy Osiyo xalqlariga, jumladan, özbeklarga oçiqdan-oçiq tahdid qilmoqda
Yaqindagina Zaxar Prilepin ismli ahmoq Özbekistonni Rossiyaga qöşib oliş haqida gapirgan edi. Va buni zaldagi boşqa ruslar qarsak çalib qöllab-quvvatlagandi.
Endi esa auditoriyasi katta bölgan NTV telekanalida Mixail Smolin degan tovuq miya “1917-yilgaça özbek va qozoq millat sifatida mavjud bölmagan (ozarbayjonlar ham), rus inqilobidan keyin bu millatlar sunʼiy yaratilgan” debdi. Videosini kanalda berib ötirmayman (menimça, körib ulgurdingiz), bunaqa jirkanç narsalarni tarqatişni xohlamayman.
Bu kabi holatlar şunçaki tasodif ekanligiga işoniş uçun aqli noraso böliş kerak. Soğlom odam bularning barçasi nima uçun qilinayotganini yaxşi biladi. Çunki Ukrainaga bosqin ham aynan mana şu kabi umumiy tezislar asosida boşlangan. Yaʼni uzoq yillar şovinistik propaganda maşinasi tomonidan Ukrainaning davlatçilik tarixi yöqligi, millat sifatida mavjud emasligi, Lenin yaratgan sunʼiy davlat ekanligi haqidagi çöpçaklar rus xalqi ongiga singdirilgan va bugun buning oqibatini hammamiz körib turibmiz.
‼️ Örtoqlar, buni jiddiy qabul qilişimiz, huşyor bölişimiz, kerakli çoralarni körişimiz kerak. Uyğonaylik, xaloyiq, uyğonaylik! Közimizni kattaroq oçaylik. Vatanimiz mustaqilligini himoya qiliş uçun aqlimizni işlataylik. Agar hozir aqlimizni işlatmasak, ertaga Vatan himoyasi uçun qurol işlatişga majbur bölib qolamiz.
Nega biz mana şunaqa isqirtlarga qarşi biror çora köra olmaymiz? Nega doim rus şovinistlariga qarşi muloyim va bağrikeng munosabatda bölamiz? Nega Rossiya elçisini “çaqirtirmaymizu”, şunçaki “taklif etamiz”? Nega butun boşli Özbekistonni bosib oliş haqida gapirganlarga qarşi jinoyat işi qözğatmaymiz? Nega özbek xalqini yerga urganlarni Özbekistonga kirişini taqiqlaş haqida qarorlar qabul qilmaymiz? Nega doim qörqib yaşaşimiz, “katta oğa” nima derkin deb, oğzini poylab turişimiz kerak?
Ijtimoiy tarmoqlarda ham doim Rossiyaning yonini oladigan, u nima qilsa töğri deb hisoblaydigan va ming afsuski, millionlar afsuski, milliardlar afsuski, hatto Özbekistonni Rossiya bosib olişini ham qöllab-quvvatlaydigan yurtdoşlarimiz ham borki, ular ham közlarini oçişlari kerak. Sal odamga öxşab mantiqiy fikrlaşni boşlaşi, puşti közoynakni yeçişi kerak. Vatanini sevişi kerak. Buning uçun esa eng avvalo iflos rus propaganda telekanallarini Özbekistonda çeklaş kerak. Bu ilk qadam bölişi şart!
Hooooy, ğaflat uyqusidan uyğoninglar!
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars



