Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Rasman

ÖzA va «Şarq» naşriyotiga tegişli binolarning tarixiy arxitektura qiyofasi saqlab qolinadi

Foto24-yanvar, 2024, 10:551 daqiqa0 koʻrish

ÖzA va “Şarq” naşriyotiga tegişli binolar taşqi körinişining tarixiy arxitektura qiyofasi saqlab qolinadi

Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi rasmiy munosabat bildirdi.

Uşbu binolar Toşkent şahrining tarixiy arxitekturasini aks ettirişini inobatga olib, uni saqlab qoliş maqsadida binolar sotuvga qöyilganda quyidagi asosiy şartlar belgilangan:

1. ÖzA maʼmuriy binosi, şuningdek Buxoro va Buyuk Turon köçalari kesişmasidagi 4 qavatli binoning taşqi körinişidagi tarixiy arxitektura qiyofasini saqlab qoliş;

2. Kelgusida quriliş taʼmirlaş va rekonstruksiya işlarini Madaniy meros agentligi bilan kelişgan holda amalga oşiriş.

Şartlar xaridor tomonidan buzilgan taqdirda, xususiylaştiriş masalasi şartnoma talablariga asosan qayta körib çiqiladi va xususiylaştiriş jarayonlarining har bir bosqiçi töğrisida jamoatçilik xabardor qilib boriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek