Toşkent markazidagi AKT vazirligi binosi xususiylaştiriş maqsadida auksionga qöyildi
Toşkent markazidagi Amir Temur xiyoboni oldida joylaşgan AKT vazirligi binosi xususiylaştiriş maqsadida auksionga qöyilibdi. Boşlanğiç narxi 66,5 mlrd söm. Oşib boruvçi savdoda qatnaşiş uçun talab etiladigan zakalat miqdori 3,3 mlrd söm.
Binoning umumiy maydoni 26,4 sotix, 3 qavatli (yertölasi bilan) binoning umumiy maydoni 3666 kv.m.
Savdo 31-oktabr kuni soat 10:00-da (3 kundan keyin) boşlanadi. Arizalar 31-oktabr kuni soat 09:00-gaça qabul qilinadi.
Aslini olganda hayron qoladigan joyi yöq. Davlat navbatdagi öz mulkini oçiq savdoga çiqaryapti. Faqat asosiysi bu kim olişi oldindan aniq bölgan savdo emas, balki haqiqatdan oçiq va şaffof, bozor talablari asosida böladi, deb umid qilamiz. Çunki belgilangan boşlanğiç narx köça narxidan sezilarli arzon (albatta, haqiqiy talabgorlar bölsa, auksion jarayonida bu narx karrasiga oşib ketişi mumkin).
👉 @xushnudbek 👈


