Prezident işbilarmonlik muhitini yaxşilaşga qaratilgan PQ-192-sonli qarorni imzoladi
Prezident işbilarmonlik muhitini yaxşilaş va aholini ortiqça soliq xarajatlardan himoya qilişga qaratilgan qarorni (PQ-192, 14.06.2023y.) imzoladi.
✅ Qarorga köra, 2023-yil 1- iyun holatidagi quyidagilar hisobdan çiqariladi:
➖ jismoniy şaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliği böyiça muddatida tölanmagan qarziga hisoblangan penya summalari (noturar köçmas mulk obʼyektlari bundan mustasno);
➖ oxirgi 6 oy mobaynida moliya-xöjalik faoliyatini amalga oşirmayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning qatʼiy belgilangan miqdorlardagi jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği va ijtimoiy soliqdan şakllangan qarzi, unga hisoblangan penya hamda jarimalar;
➖ xöjalik yurituvçi subʼyektlarning taşqi savdo operatsiyalari böyiça muddati ötgan debitor qarzdorlik uçun qöllanilgan jarimalar.
👉 @xushnudbek 👈



