Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Tadbirkorlarning soliq qarzi va ijara tölovlarini bölib-bölib tölaşga ruxsat berildi

Matn6-fevral, 2023, 12:441 daqiqa0 koʻrish

Prezidentning tegişli qaroriga (PQ-43, 03.02.2023-y) muvofiq:

➖ tadbirkorlarning 2023-yil 1-yanvarga nisbatan 1-fevral holatiga oşgan (hosil bölgan) soliq qarzini 1-martdan 1-iyulga qadar foizlarsiz, qöşimça şartlar qöymasdan va taʼminot talab etmasdan teng uluşlarda bölib-bölib tölaşga ruxsat berildi.

➖Soliq qarziga penya hisoblaş 2023-yil 1-aprelgaça töxtatildi. Taşqi savdo operatsiyalari böyiça muddati ötgan debitor qarzdorlik uçun xöjalik yurituvçi subyektlariga jarimalar qöllanilişi, şuningdek, mazkur qaror kuçga kirgunga qadar qöllanilgan jarimalar undirilişi 1-aprelgaça töxtatildi.

➖Tadbirkorlar 2022-yil dekabr va 2023-yil yanvar-fevral oylarida davlat mulkidan foydalanganlik uçun ijara tölovlarini 1-martdan 1-iyulgaça teng uluşlarda bölib-bölib tölaşi mumkin.

➖Davlat mulkidan foydalaniş yuzasidan 2022-yildan buyon amalda bölgan ijara şartnomalari böyiça ijara tölovlari miqdori 2023-yil 1-aprelga qadar özgarişsiz qoladi.

➖Havo haroratining keskin sovib ketişi oqibatida qiyinçiliklarga duç kelgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan 1-aprelga qadar davlat foydasiga undiruvlar bilan boğliq sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosi töxtatib turiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek