Prezident hamşiralarning iş haqini oşiriş yuzasidan topşiriq berdi
Prezident hamşiralarning iş haqini oşiriş yuzasidan topşiriq berdi
Davlat rahbari bugungi yiğiliş davomida hamşiralarni tayyorlaş masalasiga eʼtiborni oşiriş lozimligini aytib ötdi.
— Jarrohlik amaliyoti ötkaziladi, hammasiga vraç javob beradi. Ammo operatsiyadan söng bemorga kim qaraydi? Hamşira, albatta! Ammo biz uni qayerda öqityapmiz, unga nimalarni örgatyapmiz?
Hamşiralarning malakasini oşiriş masalasiga katta eʼtibor qaratişimiz kerak. Hamşiralar uçun malaka oşiriş vaqti bir oydan uç oygaça bölişi va ularga jahon tajribasidagi barça yutuqlar örgatilişi kerak.
Katta şifokorlar öz yutuğini malakali hamşiralar bilan boğlaydi. Hamşirani tanqid qilişdan oldin uni yetarliça öqitişimiz kerak, şaroit va imkoniyat yaratib beriş lozim.
Qaysi viloyat hokimi birorta hamşirani uy bilan taʼminladi? Heç biri? Ular uçun ipoteka imkoniyatlarini öylab köriş vaqti keldi.
Xozirça biz hamşiralarga adolatli maoş bera olganimizça yöq. Tegişli mutasaddilar bu böyiça öz takliflarini berişlari kerak, — dedi Şavkat Mirziyoyev.
Vazirlar Mahkamasiga hamşiralarni öqitiş va malakasini oşiriş, mehnatiga haq tölaş miqdorini oşiriş, umuman, ular uçun munosib mehnat va turmuş şaroitlarini yaratiş masalalarini öz içiga olgan qaror loyihasini tayyorlaşga topşiriq berildi.
👉 @xushnudbek 👈


