Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Şavkat Mirziyoyev: «Joriy yilda tibbiyotga 28 trillion söm ajratilayapti»

Albom26-oktabr, 2022, 17:552 daqiqa0 koʻrish

Şavkat Mirziyoyev: “Joriy yilda tibbiyotga 28 trillion söm ajratilayapti va bu ötgan yilga nisbatan 1,3 baravar köp, degani”

Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazida Prezident raisligida soğliqni saqlaş sohasiga oid videoselektor yiğilişi boşlandi.

Yiğiliş avvalida davlatimiz rahbari barça şifokor va hamşiralarni, feldşer va sanitarlarni yaqinlaşib kelayotgan Tibbiyot xodimlari kuni bilan tabrikladi.

Yiğilişda tibbiyot sohasida amalga oşirilgan işlar bilan birga kamçiliklar ham sanab ötildi.

«Birlamçi böğinni mahallagaça tuşiriş böyiça boşlagan islohotlarimizni ayrim hudud rahbarlari haligaça töliq tuşunib yetgani yöq», — dedi Prezident.

Misol uçun, Buxoroda – 51 ta, Navoiyda – 20 ta, Jizzaxda – 19 ta mahallada şifokorlik punktlari taşkil etiş yakuniga yetmagan.

Oilaviy poliklinikalardan 10 kilometr uzoqlikda joylaşgan 272 ta mahallada tibbiyot punktlarini taşkil qiliş, hatto kelgusi yil rejasiga ham kiritilmagan. Masalan, Toşkent viloyatida – 72 ta, Qaşqadaryoda – 54 ta, Qoraqalpoğistonda – 50 ta, Sirdaryoda – 31 ta, Surxondaryoda – 21 ta, Farğonada – 13 ta, Navoiyda – 12 ta bunday mahallalar bor.

Yoki, mingdan ortiq mahallada konteynerlar örnatilgani bilan, ularning yarmida issiq suv va muqobil elektr tizimi yöq.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek