Maktab şahodatnomasini yöqotganlar endi osongina dublikatini olişi mumkin
Manba:Xushnudbek.uz
Maktab şahodatnomasini yöqotganlar endi osongina dublikatini olişi mumkin
2022-yilning 1-iyulidan boşlab şahodatnoma dublikatini onlayn oliş imkoni yaratildi.
Yangi xizmat doirasida:
➖ şahodatnoma dublikati endi 5 kunda beriladi (avval oylab kutilgan);
➖ şahodatnoma dublikatini oliş uçun https://my.gov.uz/oz/service/477 orqali ariza yuboriladi va dublikat elektron şaklda portal orqali beriladi (avval ariza beriş uçun ham, hujjatni olib ketiş uçun ham maktabga kelingan);
➖ ariza onlayn şaklda, inson omilisiz qabul qilinadi, şaxsiy maʼlumotlar avtomatik tarzda boşqa tizimlar bilan integratsiya qilinadi va boşqa heç qanday hujjat söralmaydi (avval maktabga 5 tagaça hujjat taqdim etilgan: ariza, hujjat yöqolgani haqida gazeta eʼloni, topilmalar idorasidan maʼlumotnoma, pasport nusxasi, familiya özgargani haqida FHDY bölimlaridan maʼlumotnoma).
Bugungi kunga qadar 12 mingdan ortiq fuqarolar şahodatnoma dublikatini masofadan olişga ulgurdi.
❗️Eslatma: şahodatnoma dublikati elektron şaklda berilgaç, maktabdan berilgan attestat öz kuçini yöqotadi.
Albatta, xalq taʼlimi tizimi xodimlari uçun ham bu yangilik. Şu bois boşida ayrim kamçiliklar bölişi ham mumkin. Şuning uçun, @Xtv_davlatxizmatlari_bot maxsus bot yaratildi, mabodo biror muammo yoki savol bölsa bot orqali murojaat qiliş mumkin.
👉 @xushnudbek 👈

