Urganç tumani hokimi örinbosari 43 ming dollar pora bilan uşlandi
Urganç tumani hokimi örinbosari 43 ming dollar pora bilan uşlandi
Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Xorazm viloyati boşqarmalari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, viloyat «Çorvanasl» markazining Urganç tumani yetakçi mutaxassisi T.M. fuqaro N.ning fermer xöjaligiga tegişli 50 gektar yer maydonini hokimlik zaxirasiga qaytarib olib, keyinçalik uning nomiga yangi fermer xöjaligi taşkil etib, uşbu yer maydonini qayta rasmiylaştirib beriş evaziga 80 ming dollar talab qilib, şundan 60 ming dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
T.M.ning körsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Urganç tumani hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari R.A. fuqaro N. nomiga fermer xöjaligi taşkil qiliş va yer maydoni ajratib beriş masalasini hal qilib beriş evaziga öz xonadonida mutaxassis T.M.dan 43 ming dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlar olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈


