1-sentabrdan xalqaro yoki milliy sertifikatga ega bölgan MAKTAB öqituvçilariga 50 foizgaça ustama beriladi
Ustama beriladigan sertifikatlar ro'yxati.pdf
PDF · 6,9 MB
❗️1-sentabrdan xalqaro yoki milliy sertifikatga ega bölgan MAKTAB öqituvçilariga 50 foizgaça ustama beriladi
2022-yil 11-maydagi PF-134-sonli Prezident Farmoniga köra, 2022-yil 1-sentabrdan boşlab umumtaʼlim fanlari böyiça tegişli darajadagi sertifikatga ega bölgan pedagog kadrlarga quyidagi tartibda har oylik qöşimça ustama tölanadi:
➖ xalqaro tan olingan va unga tenglaştirilgan milliy sertifikatga ega bölgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;
➖ xalqaro talablarga javob bermaydigan milliy sertifikatga ega bölgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida.
Pedagog kadrlarga har oylik qöşimça ustama sertifikat amal qiliş muddati davomida, lekin uç yildan köp bölmagan vaqt mobaynida tölanadi.
Agar öqituvçi umumtaʼlim fanlari böyiça bir neçta sertifikatga ega bölsa, yuqoriroq foizli ustama beruvçi sertifikat böyiça ustama tölanadi.
❓Qaysi fanga qaysi sertifikat ötadi?
Köpçilik şu savolni bermoqda. Masalan, men informatikadan dars beraman va IELTS sertifikatim bor, menga ustama beriladimi, deb söraşmoqda.
Yuqoridagi ustama öz ixtisosligi böyiça beriladi. Qaysi fan böyiça qaysi sertifikat ustama oliş huquqini berişi yuqoridagi faylda belgilangan, röyxatdan körib olişingiz mumkin.
Şuningdek, mana bu sahifada sertifikat namunalari körsatilgan.
👉 @xushnudbek 👈

