Prezident Administratsiyasida özgarişlar bölmoqda, 284 ta ştat qisqartirildi
❗️Prezident Administratsiyasida özgarişlar bölmoqda, 284 ta ştat qisqartirildi
Şavkat Mirziyoyev tomonidan "Davlat boşqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oşiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi Farmon imzolandi. Uşbu Farmonga muvofiq, Prezident Administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi. Natijada Administratsiya va uning tarkibidagi taşkilotlarda 284 ta ştat qisqartirildi, takrorlanuvçi lavozimlar optimallaştirildi.
Farmonga asosan, endilikda Prezident Administratsiyasi faoliyatida 5 ta ustuvor yönaliş belgilandi. Bular — taʼlim, biznes, sud-huquq tizimi, tibbiyot va suv resurslari masalalaridir. Uşbu yönalişlarda islohotlarni samarali amalga oşiriş maqsadida Prezident Administratsiyasi rahbariga 5 nafar örinbosar lavozimi joriy etildi.
Bundan taşqari, Prezidentning strategik rivojlaniş, taşqi siyosat böyiça yangi maslahatçi lavozimlari kiritilib, moliyaviy texnologiyalar, raqamlaştiriş va sunʼiy intellekt, kreativ iqtisodiyot va turizmni rivojlantiriş, jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi, tadbirlarni taşkillaştiriş, yiğiliş va hududlarga taşriflar uçun tahliliy kontent tayyorlaş böyiça, şuningdek, kommunikatsiya departamentlari taşkil etildi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars



