IIV akademiyasining Raqamli texnologiyalar yönalişiga qöşimça qabul eʼlon qilindi
❗️IIV akademiyasining Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarşi kuraşiş faoliyati yönalişiga qöşimça qabul eʼlon qilindi
2025/2026-öquv yili uçun quyidagi talablarga javob beruvçi nomzodlar qabul qilinadi:
🔹 Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölişi;
🔹 17 yoşdan kiçik (qabul yilida 17 yoşga töladiganlar) va 25 yoşdan katta bölmasligi (şu jumladan, 25 yoşdagilar);
🔹 umumiy örta, örta-maxsus yoki professional maʼlumotga ega bölişi kerak.
🗓 Arizalar bugun, 14-iyul kunidan 30-iyulga qadar qabul qilinadi. Nomzodlar arizalarni doimiy yaşaş joyi böyiça hududiy içki işlar organlariga topşiradi.
📋 Öqiş istagida bölganlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
▪️ nomzod tomonidan qölda va kompyuterda yozilgan tarjimayi hol;
▪️ anketa (maʼlumotnoma);
▪️ harbiy xizmatga çaqiriluvçining qayd etilganligi töğrisidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi;
▪️ öqiş, iş (agar öqiyotgan yoki işlayotgan bölsa) joyidan tavsifnoma;
▪️ doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olingan joyidan soğliğining holati maʼlumotnoma (böy-basti körsatilgan holda);
▪️ ota-onasining Akademiyaga öqişga kirişiga rozilik xati.
Qabul jarayonlari quyidagi bosqiçlarda amalga oşiriladi:
1⃣ dastlabki tanlov;
2⃣ maxsus kasbiy tanlov;
3⃣ yakka tartibdagi yakuniy suhbat.
👉 @xushnudbek 👈

