Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Rasman

Prezident huzurida Strategik islohotlar agentligi taşkil etildi

Matn9-sentabr, 2022, 17:462 daqiqa0 koʻrish

Prezident huzurida Strategik islohotlar agentligi taşkil etildi

Islohotlarni boşlaş va taşabbus bildiriş albatta muhim, lekin ularni mantiqiy taşkil qiliş, samarali yakuniga yetkaziş undan ham muhim jarayon. Çunki qança islohotlar oxiriga yetmasdan, yarim yölda qolib ketganini ham körganmiz.

Bundan taşqari barça sohada bir paytda köplab islohotlar boşlansa, ularni bir mantiqiy çiziqqa teradigan markaz ham juda muhim. Yöqsa, hamma öziça islohot qilib, öng qöl qilganni çap qöl bilmasdan xaosga olib kelişi mumkin.

Şunga köra, islohotlarning uzviyligini taʼminlaş, yagona yondaşuvlarni şakllantiriş maqsadida Prezidentning tegişli farmoni bilan Strategik rivojlaniş agentligi negizida Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi taşkil etildi.

Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilar:

➖ mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda alohida soha va tarmoqlarni isloh qiliş takliflarini işlab çiqiş, ularni taşkil etiş va nazorat qiliş;

➖ islohotlarni tanqidiy tahlil qilgan holda ularning samaradorligini baholaş, rasmiyatçilik, sansalorlik va korrupsiyaviy holatlarga şaroit yaratuvçi tizimli muammolarni aniqlaş, bartaraf etiş çoralarini köriş;

➖ xalqaro moliya institutlari, çet el taşkilotlari va xorijiy mutaxassislarni hamda beğaraz kömak mablağlarini jalb qiliş işlarini tizimli taşkil etiş;

➖ davlat iştirokidagi korxonalarni transformatsiya qiliş, jumladan hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuziş, boşqaruv organlari tarkibiga mustaqil aʼzolarni kiritişni monitoring qiliş.

Şavkat Mirziyoyevning şaxsan raisligida Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining kengaşi tuzildi. Kengaşga bir qator vakolatlar berildi.

Agentlik boş direktori va uning örinbosarlari Prezident tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek