Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Şavkat Mirziyoyev Qirol Karl Uçinçiga Qiroliça Yelizaveta Ikkinçi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Foto9-sentabr, 2022, 13:421 daqiqa0 koʻrish

Şavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Şimoliy Irlandiya Birlaşgan Qirolligi Qiroli Karl Uçinçiga uning volidai muhtaramasi Qiroliça Yelizaveta Ikkinçi olamdan ötgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

"Ul zot 70 yildan ortiq vaqt davomida mamlakat yaxlitligi va jadal rivojlanişining ramzi bölib kelgan, Qirollikning global iqtisodiyot va siyosatda yetakçi davlatlardan biriga aylanişiga, uning xalqaro maydondagi obrö va eʼtiborini har tomonlama oşirişga beqiyos hissa qöşgan buyuk davlat arbobi edi", deyiladi davlatimiz rahbarining taʼziyanomasida.

Prezident uşbu musibatli damlarda Qirolga, oilasining barça aʼzolariga va butun Buyuk Britaniya xalqiga taskin sözlarini bildirdi hamda sabr-toqat va bardamlik tiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek