Talabalarga ijara uçun uy qidirişda qöşimça imkoniyat yaratildi
Talabalarga ijara uçun uy qidirişda qöşimça imkoniyat yaratildi
uybor.uz platformasida talabalar uçun alohida bölim paydo böldi. Bunda uyini aynan talabalar uçun ijaraga qöyişga rozi bölganlarning eʼlonlari joylaştiriladi.
Tizim mahallalardagi yoşlar yetakçilari orqali işlaydi. Yaʼni mahalllasidagi ijara uylarni topiş, egalari bilan gaplaşiş, talabalardan murojaatlarni qabul qiliş va ijaraga joylaştiriş jarayonida uy egasi hamda talaba örtasida köprik böliş yoşlar yetakçilarining zimmasida böladi.
Keça Alişer Saʼdullayev Olmazor tumani, “Ziyo” va “Universitet” mahallalariga borib, tizim işlaşini örganib çiqqan, ijaraga uy topgan talabalar, ijara beruvçilar va mahallalardagi yoşlar yetakçilari bilan gaplaşgan.
Tizim orqali Toşkent şahri böyiça jami 720 nafar talabaga uy topişga yordam berildi (bu keçagi maʼlumot).
‼️Agar sizda ham ijaraga beriş uçun uy bölsa va uni aynan talabalar uçun ijaraga bermoqçi bölsangiz, unda Telegramdagi @Smartmahallabot orqali mahalla yetakçisiga uy töğrisidagi maʼlumotlarni berişingiz mumkin. Şundan söng, yoşlar yetakçilari ijaraga beriladigan xonadonning şaroitlarini örganib çiqib, maʼlumotlarni platformaga yuklaydi. Talabalar esa özlariga qulay xonadonni tanlab, ijaraga joylaşişadi.
👉 @xushnudbek 👈


