Talabalarga ijara tölovlarining bir qismini qoplab beriş tizimi haqida batafsil maʼlumot
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzAriza kontrakt.edu.uz tizimi orqali yuboriladi. 1-kurslardan sentyabr va oktyabr oylari uçun ijara şartnomasi talab etilmaydi.❗️Talabalarga ijara tölovlarining bir qismini qoplab beriş tizimi haqida batafsil maʼlumot
1️⃣ Kimlarga qoplab beriladi?
➖ yotoqxona bilan qamrab olinmagan bölişi kerak. Agar yotoqxonada joy bölsa-yu, lekin talaba yotoqxonada turmasdan, ijaraga çiqib ketgan bölsa, unda kompensatsiya berilmaydi;
➖ öziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegişli bölmagan uyda ijarada turgan bölişi kerak;
➖ davlat oliygohi talabasi bölişi kerak, xususiy oliygoh talabalariga qoplab berilmaydi;
➖ Özbekiston fuqarosi yoki respublikada doimiy yaşayotgan fuqaroligi bölmagan şaxs bölişi kerak, xorijiy davlat fuqarosiga qoplab berilmaydi;
➖ faqat kunduzgi taʼlim şaklida öqiyotgan bölişi kerak. Keçki, masofaviy, sirtqi, şuningdek, qöşma taʼlim dasturlarida öqiyotgan talabalarga qoplab berilmaydi;
➖ röyxatga olingan doimiy yaşaş joyidan boşqa joyda (tuman, şahar miqyosida) yaşayotgan bölişi kerak. Masalan, Samarqand şahrida röyxatda turgan talaba Samarqand şahridagi oliygohda öqisa, unga ijara tölovida kompensatsiya berilmaydi, lekin Kattaqörğon tumanida röyxatda turuvçi talabaga tölab berilişi mumkin;
➖ davlat granti yoki tölov-kontrakt asosida öqiyotganining farqi yöq, ikkalasiga ham qoplab beriladi.
2️⃣ Qança kompensatsiya beriladi?
Har oy uçun:
➖ Toşkent şahrida — bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravari (412 ming söm);
➖ Boşqa hududlarda — yarim baravar (206 ming söm).
3️⃣ Ijara şartnomasi bölişi şart
Kompensatsiya oliş uçun ijara.soliq.uz saytida hisobga qöyilgan köçmas mulk ijara şartnomasi bölişi kerak, yöqsa kompensatsiya berilmaydi.
Yagona istisno: 1-kurslarga dastlabki sentyabr va oktyabr oylari uçun ijara şartnomasi söralmasdan tölab beriladi. Noyabr oyidan esa 1-kurslarga ham ijara şartnomasi bölişi kerak.
Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yaşagan holatlarda, ularning barçasi ijara şartnomasida qayd etilgan bölişlari şart.
❗️BU MUHIM: uyiga talabalarni ijaraga qöygan fuqarolar ijarasi uçun daromad soliğidan ozod qilinadi (Soliq kodeksi, 378-modda, 19-1-bandi). Şuning uçun talabalarni ijaraga qöyganlar, şartnomani rasmiylaştirişdan xavotir olmasa ham böladi, ular buning uçun soliq tölamaydi.
4️⃣ Kimlarga birinçi navbatda beriladi?
— Ijtimoiy yordamga muhtoj bölganlar;
— örnak körsatgan va faol talabalar birinçi navbatda moliyalaştiriladi.
❗️Maʼlumot uçun: qoidaga köra, ijara huquqi asosida yaşaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga kompensatsiya beriladi. Yaʼni bu degani, agar limit tölib qolsa, hammaga byudjetdan tölab berilmasligi ham mumkin. Ammo yetmay qolgan talabalarga universitetning budjetdan taşqari mablağlari orqali qöşimça moliyalaştiriş ham mumkin.
5️⃣ Ariza qanday beriladi?
Arizalar har oyning 7-sanasiga qadar onlayn topşirilişi kerak. Buning uçun:
➖ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan röyxatdan ötiladi va şaxsiy kabinetga kiriladi;
➖ şaxsiy kabinetdan “Ijara tölovlari” bölimi tanlanadi;
➖ “Ariza yuboriş” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.
6️⃣ Rad etiş asoslari
Agar soxta hujjat topşirilgan bölsa, manzil mos kelmasa yoki ariza muddatida berilmagan bölsa — rad etiladi.
Komissiya tomonidan doimiy ravişda ijara şartnomasini qalbakilaştirgan va notöğri maʼlumotlar taqdim etgan talabalar röyxati şakllantirilib boriladi. Uşbu talabalar röyxatiga tuşgan talabalarga oylik ijara tölovining bir qismini qoplab beriş töxtatilişi mumkin.
Rad etilgan taqdirda kamçilikni tuzatib, yana murojaat qiliş mumkin.
7️⃣ Tugatilişi şartlari
Agar talaba akademik taʼtilga çiqqan, kursda qoldirilgan yoki safdan çetlaştirilsa — tölov töxtatiladi.
Ijara şartnomasi bekor qilinsa yoki manzil özgarsa 3 iş kuni içida xabar qiliş kerak.
ASOS: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qarori.
👉 @xushnudbek 👈
- 5 Telegram Stars


