Şavkat Mirziyoyev Pekin şahrida bir qator muhim uçraşuvlar ötkazdi
Bugun Şavkat Mirziyoyev Pekin şahrida bir qator muhim uçraşuvlar ötkazdi, jumladan:
➖ Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar bölib ötdi, yakunda ikki tomonlama hujjatlarni almaşiş marosimi böldi;
➖ Jumladan, quyidagi hujjatlar imzolandi:
– Madaniyat markazlarini özaro taʼsis etiş töğrisida bitim;
– Tibbiy xizmatlar sohasida hamkorlik töğrisida bitim;
– Özbekistonga zemsnaryadlar (texnik kema) beriş loyihasining ikkinçi bosqiçini loyihalaştiriş böyiça;
– Özbekistondan Xitoyga qovun va bodom eksport qilişda fitosanitariya talablari töğrisida;
– Samarqand viloyati va Tyanszin şahri örtasida şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisida;
– Özbekiston Savdo-sanoat palatasi va Xitoy Xalqaro savdoga kömaklaşiş kengaşi örtasidagi hamkorlik töğrisida.
➖ XXR Davlat kengaşi Boş vaziri Li Syan bilan uçraşuv böldi. Özbekiston hududlarida “Lu Ban ustaxonalari” oçiladi, aviaqatnovlar soni yanada köpaytiriladi va sayyohlar almaşinuvi faollaştiriladi;
➖ Xitoyning yetakçi kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşuv ötkazildi. Tadbirda “Çina Gold”, “Çina Coal Resources”, “Çina Datang Corporation”, “Tianjin Rail Transit Group”, “Poly Çangda”, “Tianjin Urban Construction”, “Jinçuan Group”, “Çina Synfuels”, “Jinçuan”, “ST Wonderful”, “Mizuda”, “World Agriculture”, “Dongzhu Ecology” va boşqa kompaniyalar rahbarlari iştirok etdi.
➖ Uçraşuvda bir qator kelişuvlarga erişildi, ularning ayrimlari:
🔹 “Çina National Building Materials” (CNBM) kompaniyasi bilan — nasos stansiyalarini modernizatsiya qiliş, şamol va quyoş elektr stansiyalari, energiyani saqlaş tizimlarini quriş, muqobil energetika obyektlari uçun butlovçi qismlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş kabi istiqbolli loyihalar;
🔹 “Çina National Petroleum Corporation” (CNPC) kompaniyasi bilan — investitsiyaviy hamkorlik portfelini kengaytiriş va yerosti tabiiy gaz saqlaş inşootlarini quriş, infratuzilmani modernizatsiya qiliş, zamonaviy metrologik standartlar hamda innovatsion yeçimlarni joriy qiliş loyihalari;
🔹 “Çina National Nuclear Corporation” (CNNC) kompaniyasi bilan — zamonaviy texnologiyalar transferi va uran konlarini özlaştirişda iştirok, istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv işlarini olib boriş, şuningdek, tinç atom sohasida kooperatsiyani kengaytiriş;
🔹 “Henan Investment Group” kompaniyasi bilan — kömir konlarini özlaştirişda ilğor texnologik yeçimlarni joriy qiliş, zamonaviy elektr stansiyalari, energiya saqlaş tizimlarini loyihalaştiriş va quriş, biomahsulotlar işlab çiqariş, çiqindilarni qayta işlab, toza energiya işlab çiqariş böyiça kooperatsiya loyihalari.
👉 @xushnudbek 👈



