Özbekiston va Xitoy örtasida strategik şeriklikni rivojlantiriş dasturi qabul qilindi
Şavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Qöşma bayonotni imzoladilar va 2023-2027 yillarga möljallangan Özbekiston bilan XXR örtasida yangi davrdagi har tomonlama strategik şeriklikni rivojlantiriş dasturini qabul qildilar.
Yetakçilar huzurida 41 ta hujjatlar imzolandi, jumladan:
– Özbekiston Hukumati bilan XXR Hukumati örtasida örta taʼlim maktablari salohiyatini rivojlantiriş böyiça loyihani amalga oşiriş töğrisidagi bitim;
– Özbekiston Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi AOKA bilan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengaşi Matbuot kanselyariyasi örtasida ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik töğrisidagi anglaşuv memorandumi;
– Toşkent şahri va Siçuan muzofoti, Sirdaryo hamda Samarqand viloyatlari va Şensi muzofoti örtasida şeriklik aloqalarini örnatiş töğrisidagi bitim.
Iqtisodiy kelişuvlar:
🚗 “EXEED” kompaniyasi bilan birgalikda zamonaviy avtomobillar işlab çiqariş töğrisida;
🚙 “BYD Auto Industry” kompaniyasi bilan birgalikda elektr va gibrid avtomobillar işlab çiqariş töğrisida;
– elektr uzatiş liniyalari va nimstansiyalarini quriş loyihasini moliyalaştiriş töğrisida;
– “Özbekiston temir yöllari” AJ lokomotivlari parkini yangilaş va modernizasiya qiliş töğrisida;
– “Özbektelekom” AKning telekommunikasiya infratuzilmasini yanada kengaytiriş töğrisida;
– “Özbekiston milliy banki” AJ bilan “Xitoy Eksim banki” hamda “Xitoy taraqqiyot davlat banki” örtasida kredit liniyalarini jalb qiliş töğrisida;
Tarmoq memorandumlar:
– Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti bilan Pekin xorijiy tillar va madaniyat universiteti hamda Lyaonin pedagogika universiteti örtasida;
– Samarqand xalqaro texnologiyalar universiteti bilan Tyanszin fan va texnika universiteti hamda Şimoliy-şarq elektroenergetika universiteti örtasida;
– Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan Şanxay universiteti örtasida.
👉 @xushnudbek 👈


