Talabalar öqiş boşlaniş sanasini öz oliygohidan aniqlaştirişlari söraldi
❗️Talabalar uçun maslahat:
Öqiş sanasi qaçon boşlanişini özingiz öqiydigan oliygohdan aniqlaştiring. Çunki turli oliygohlar vaziyatga qarab, öqiş sanasi boşlanişini mustaqil belgilamoqda.
Masalan, Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida 2025/2026-öquv yili taʼlim şakli va kurslar kesimida quyidagi sanalardan boşlanadi:
➖ 1-kurs kunduzgi va keçki taʼlim uçun — 3-sentyabr (çorşanba);
➖ 1-kurs magistratura, 2, 3 va 4-kurs masofaviy va keçki taʼlim uçun — 8-sentyabr (duşanba);
➖ 2-kurs kunduzgi taʼlim uçun — 9-sentyabr (seşanba);
➖ 3-kurs kunduzgi taʼlim uçun — 10-sentyabr (çorşanba);
➖ 4-kurs kunduzgi taʼlim uçun — 11-sentyabr (payşanba);
➖ 1-kurs masofaviy hamda 2-kurs ikkinçi oliy taʼlim (masofaviy) uçun — 15-sentyabr (duşanba);
➖ 3, 4-kurs sirtqi taʼlim uçun — 29-sentyabr (duşanba);
➖ 3-kurs ikkinçi oliy taʼlim uçun — 27-oktyabr (duşanba);
➖ 2-kurs sirtqi taʼlim uçun — 3-noyabr (duşanba);
➖ 5-kurs sirtqi taʼlim uçun — 1-dekabr (duşanba);
➖ 4-kurs ikkinçi oliy taʼlim uçun — 12-yanvar (duşanba).
❗️P.S.: hamma oliygohlar öz sahifalarida şu kabi maʼlumotni eʼlon qilsa, yaxşi bölar edi, faqat tuğilgan kunlarni yozavermasdan.
👉 @xushnudbek 👈
- 10 Telegram Stars


