Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tezkor

Ijarada turadigan 1-kurs talabalariga 2 oylik ijara kompensatsiyasi heç qanday şartnomasiz tölab beriladi

Matn11-oktabr, 2022, 12:352 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️Ijarada turadigan 1-kurs talabalariga 2 oylik ijara kompensatsiyasi heç qanday şartnomasiz tölab beriladi. Noyabrdan boşlab, ijara şartnoma bölsa, keyin kompensatsiya beriladi

Vazirlar Mahkamasining bayoniga binoan, talabalar safiga qabul qilingan va talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan uzoq hududlardan kelgan birinçi kurs talabalariga, istisno tariqasida, oliy taʼlim muassasalariga ajratilgan mablağlar doirasida sentabr va oktabr oylari uçun ijara şartnomasi talab etmasdan ijara kompensatsiyasi tölab beriladi. Ijara şartnomasini taqdim etgan talabalarga noyabr oyidan tölovlar davom ettiriladi.

Bunda, oliy taʼlim muassasalari tomonidan birinçi kursda tahsil olayotgan, ijarada yaşayotgan talabalar röyxatini şakllantiriş hamda ijara kompensatsiya tölovlarini amalga oşiriş yuzasidan rektor (direktor) buyruği rasmiylaştirilib, tegişli mablağlar tölanişi belgilandi.

❓Bu nima degani?

Maʼlumki, ötgan yildan boşlab talabalar turar joyida joy yöqligi uçun ijarada turişga majbur bölgan talabalarga ijara kompensatsiyasi tölaş tartibi yölga qöyildi. Buning uçun talaba ijara şartnomasini özi öqiyotgan OTMga topşirişi kerak edi.

Bu tartib hozir ham kuçida. Yaʼni qaysidir talaba ijarada turgan bölsa, u neçançi kursda öqiyotganidan qatʼi nazar, ijara kompensatsiyasi olişga haqqi bor.

Endi yangi tartibga köra, 1-kurslar uçun istisno belgilandi. Yaʼni yotoqxonaga joylaşa olmagan 1-kurs talabalari "Men ijarada turdim" deb aytsa kifoya. Ularga sentabr va oktabr oylari uçun ijara kompensatsiyasi heç qanday ijara şartnoma talab etilmasdan tölab beriladi. Agar ular yana kompensatsiya olmoqçi bölsa, unda noyabr oyidan boşlab ijara şartnoma körsatişi kerak böladi. Bu istisno faqat 1-kurslarga berildi. Katta kurslar sentabr va oktabr oylari uçun ham ijara şartnoma taqdim etsagina, kompensatsiya olişadi.

💰 Ijara kompensatsiyasining miqdori qança?

Yotoqxona bilan qamrab olinmagan va öziga, şu jumladan, ota-onasiga (qonuniy vakillariga) tegişli bölmagan uyda ijarada yaşaydigan talabalarga ular tomonidan tölanadigan oylik ijara tölovining 50 foizi budjet mablağlari hisobidan qoplab beriladi.

Har oylik ijara pulining 50 foizi (Toşkent şahrida 300 ming sömgaça, qolgan hududlarda esa 150 ming sömgaça) davlat OTMlarining kunduzgi taʼlim şaklida, davlat granti yoki tölov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yaşaydigan talabalarga qoplab beriladi.

‼️ Demak, yotoqxonaga joylaşmagan 1-kurs talabalari sentabr va oktabr, yaʼni 2 oyga Toşkent şahri uçun jami 600 ming söm, hududlar uçun 300 ming sömgaça kompensatsiya puli olişlari mumkin. Buning uçun talabalar özlari öqib turgan OTMga murojaat qilişlari lozim.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek