Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tayinlov

Prezident Administratsiyasi rahbariga yangi örinbosarlar va kotibiyat mudiri tayinlandi

Foto14-iyul, 2025, 17:081 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli farmoni bilan:

🔹Xilola Uktamovna Umarova Prezident Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qiliş böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri lavozimidan ozod etildi;

🔹Tamila Anvarovna Aliyeva Prezident Administratsiyasi rahbarining tibbiyotni isloh qiliş böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi;

🔹Timur Nuryigitoviç Butunbayev Prezident Administratsiyasi rahbarining suv taʼminoti tizimini isloh qiliş böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan suv xöjaligi vazirining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etildi;

🔹Nodira Jalalovna Xakimova Prezident Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qiliş böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi;

🔹Şerzod Farxod öğli Ozodzoda Prezident Administratsiyasi rahbarining tadbirkorlik loyihalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasida muhim taşabbuslarni işlab çiqiş boşqarmasi boşliği lavozimidan ozod etildi;

🔹Dilnoza Muradovna Ziyamuxamedova Prezident Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan Prezident yordamçisining kotibiyati mudiri lavozimidan ozod etildi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek