Özbekistonlik talabalarga Xitoy universitetlarida tahsil oliş uçun stipendiyalar ajratiladi
👨🏻🎓🧑🎓Özbekistonlik talabalarga Xitoy universitetlarida tahsil oliş uçun stipendiyalar ajratiladi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov va Xitoy Xalq Respublikasining Şinjon-Uyğur avtonom viloyati hukumati raisi Erkin Tuniyaz “Özbekiston fuqarolariga Xitoy oliy taʼlim muassasalarida öqiş uçun stipendiyalar taqdim etiş töğrisida”gi kelişuvni imzoladilar.
Şartnomaga köra, Xitoy tomoni har yili noyabr oyining oxirigaça Özbekiston fuqarolari tahsil olişi mumkin bölgan oliy öquv yurtlari röyxatini, stipendiya dasturlari şartlari va talablari töğrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi esa Şinjon-Uyğur avtonom tumanidagi universitetlarda öqiş uçun tavsiya etilgan talabalar röyxatini taqdim etadi.
✅ Xitoyda öqiş uçun nomzodlar maʼlum darajadagi xitoy tilini bilişi talab etiladi. Zarur hollarda stipendiyaga tavsiya etilgan talabalar uçun til kurslari taşkil qilinişi mumkin.
Birlamçi kelişuvga köra, stipendiyalar öqiş, tölovlar hamda turar joy, suğurta mukofotlari (şu jumladan, tibbiy suğurta) va yaşaş xarajatlarining bir qismini qoplaşi nazarda tutilgan.
👉 @xushnudbek 👈


