Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Sport

Nodirbek Abdusattorov FIDE reytingida 4-örinda qayd etildi

Albom1-aprel, 2024, 11:201 daqiqa0 koʻrish

🇺🇿Rasman: Nodirbek Abdusattorov FIDE reytingida 4-örinda qayd etildi

Avval maʼlumot berganimizdek, rasmiy reyting jadvali FIDE tomonidan har oyning boşida eʼlon qilinadi.

Aprel oyi uçun yangilangan natijalarga köra, 2765 reyting oçkosi bilan Nodirbek Abdusattorov FIDE reytingida 4-öringa rasman kötarildi. Undan yuqorida 🇳🇴Magnus Karlsen (2830), 🇺🇸Fabiano Karuana (2803) va 🇺🇸Hikaru Nakamura (2789) bor.

Öz navbatida Abdusattorov ötgan oydagi kabi ösmirlar örtasida FIDE jahon reytingida yetakçi sifatida qayd etildi.

Uşbu tarixiy natija bilan Nodirbekni, uning ota-onasini, ustozlarini va yurtimizdagi barça şaxmat ixlosmandlarini tabriklaymiz! Va işonamizki, tez orada Nodirbek FIDE reytingini boşqaradigan davrlarga ham kelamiz, Xudo xohlasa.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek