Nodirbek Abdusattorov FIDE yangilangan reytingida 11-örinda qayd etildi
Nodirbek Abdusattorov FIDE yangilangan reytingida 11-örinda qayd etildi
FIDE mart oyi uçun yangilangan reytingini eʼlon qildi. Mazkur reytingida 🇺🇿Nodirbek Abdusattorov 2750 oçko bilan 11-örinda qayd etildi.
Nodirbek TOP-10 ga kirgan bölar edi, lekin FIDE qoidalariga köra, joriy bölib ötayotgan va hali yakunlanmagan turnirlardagi natijalar har oylik rasmiy reytingga qöşilmaydi. Şu sababli Nodirbekning "Prague Masters" turniridagi natijalari mart oyi uçun reytingga kiritilmadi.
Şunday bölsada, Nodirbek ilk marta Yoşlar (Juniors) orasida rasmiy dunyo reytingida peşqadamga aylandi.
Şuningdek, u bugun "Prague Masters" turnirining 3-turida ğalaba qozonib, onlayn reytingda 2757 oçko bilan dunyo böyiça ❗️8-öringa kötarilib oldi.
Eslatma: onlayn reyting rasmiy maqomga ega emas. Rasmiy reyting FIDE tomonidan har oy yakunida eʼlon qilinadi.
FIDE rasmiy reytingida hamyurtlarimizdan Javohir Sindorov 36-örin (2701), Rustam Qosimjonov 48-örin (2687) hamda Nodirbek Yakubboyev 75-örin (2661) bilan TOP-100 talikdan joy oldi.
👉 @xushnudbek 👈


