Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

HUMO Air aviakompaniyasining 1-martdan 10-martgaça bölgan parvozlari jadvaliga özgartirişlar kiritildi

Albom29-fevral, 2024, 22:152 daqiqa0 koʻrish

HUMO Air aviakompaniyasining 1-martdan 10-martgaça bölgan parvozlari jadvaliga özgartirişlar kiritildi, 10-martdan keyingi parvozlar esa vaqtinça töxtatildi.

Bu haqda aviakompaniya kutilmaganda bugun keçki payt xabar bermoqda. Mijozlarni sal vaqtliroq ogohlantirsa bölmasmidi?

Tölovlarni qaytariş usullari hali aniq emas, kompaniya bu haqda ertaga xabar berar emiş.

❗️Firibgarlardan ehtiyot böling!

Aytilişiça, firibgarlar aviakompaniya nomidan iş olib borib, pulni karta orqali qaytarişni sörayotgan ekan. Ular aviakompaniya xodimlari emas, balki firibgarlar emiş.

Mijozlarni öz vaqtida kerakli maʼlumot bilan taʼminlay olmagandan keyin şunaqa böladi, darrov bundan firibgarlar foydalanib qoladi. Noinsof insonlarni firibgarlikda ayblaş oson, lekin aslida mijozlarni hurmat qilmaydigan kompaniyalar öşa firibgarlarga bilvosita şerik ekanligini ham unutmaslik kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek