Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Yaqinda işim tuşib «Silk Avia» aviakompaniyasi orqali olingan onlayn çiptani qaytarmoqçi böldim

Foto20-fevral, 2024, 17:362 daqiqa0 koʻrish

Yaqinda işim tuşib “Silk Avia” aviakompaniyasi orqali olingan onlayn çiptani qaytarmoqçi böldim.

Kompaniya sayti orqali ariza berişda bir dunyo savollari bor ekan. Jumladan, bank nomi, MFO va STIR raqami, tranzit bank hisob raqami, plastik karta egasining ism-familiyasi va h.k.

Aslida 21-asrda bunaqa savollar söraşning özi uyat. Bu kabi savollar dangasa va byurokrat xodimlar tomonidan öylab topilgan.

Yodingizda bölsa, avval “Uzbekistan airways” ham xuddi şunaqa byurokratik savollar sörar edi. Ammo tanqidlardan keyin, kompaniya çiptani qaytariş tizimini keskin soddalaştirgandi. Demak, xohiş bölsa, mijozlar uçun qulaylik yaratiş mumkin. Xohiş bölmasa, qon guruhi va mahalladan maʼlumotnoma ham söraşdan tap tortişmaydi.

Boşqa kompaniyalardagi holat

Şu örinda taʼkidlaş joiz, onlayn çiptani qaytariş böyiça eng qulay servis “Özbekiston temir yöllari” kompaniyasida. Atiga bittagina tugmani bosiş kifoya, sizdan boşqa heç qanaqa maʼlumot söraşmaydi. Qaytarilgan çipta pullari ham tezda, 1-2 kun içida plastigingizga tuşadi.

Faqat temir yölda bitta noqulaylik bor: çiptani boşqa reysga almaştirib bölmaydi. Bunda avval albatta çiptani töliq qaytarib, keyin yana yangidan çipta sotib oliş kerak.

“Uzbekistan airways” çiptalarini esa onlayn ravişda ham qaytarsa böladi, ham boşqa reysga almaştirsa böladi. Bu ança qulay. Temir yöllar ham çiptani onlayn almaştiriş funksiyasini qöşsa zör bölardi.

“Silk Avia” kompaniyasiga esa insof tilab qolamiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek