Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Talabalar kontrakt.edu.uz saytida «Şartnoma turini tanlaş» bandida qaysi birini tanlaşi kerak

Foto26-sentabr, 2025, 15:241 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Talabalar tölov-kontrakt oliş maqsadida kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza berayotganda "Şartnoma turini tanlaş" degan band bor. Bunda yoki ikki tomonlama, yoki uç tomonlama şartnomani tanlaş söralmoqda. Şu böyiça izoh sörab, abituriyentlardan köplab savollar kelib tuşdi.

Buning javobi juda oddiy.

2️⃣ Ikki tomonlama şartnoma — bu OTM va abituriyent örtasida tuziladi. Boşqaça aytganda, agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning özi yonidan tölamoqçi bölsa, şu bandni tanlaş kerak.

‼️ Bundan taşqari bankdan taʼlim krediti olmoqçi bölsa yoki ota-onasining işxonasidan oylik maoşidan tölamoqçi bölsa ham ikki tomonlama şartnoma oliş kifoya qiladi, uç tomonlama olib ötirmang.

3️⃣ Uç tomonlama şartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy taşkilot örtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning özi emas, balki biror homiy taşkilot tölamoqçi bölsa (balki keyinçalik öşa taşkilotga işlab beriş şarti bölişi ham mumkin), unda uç tomonlama şartnoma degan bandni tanlaş kerak. Uç tomonlama tanlanganda öşa homiy korxonaning (öqiyotgan universitetning emas) STIR raqamlarini ham kiritiş kerak böladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek