Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Özbekistonda «10 ming qadam» loyihasi yana qaytmoqda

Matn9-yanvar, 2025, 18:402 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Özbekistonda "10 ming qadam" loyihasi yana qaytmoqda

Bu böyiça Prezident farmoni loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.

Farmonga köra, 2025-yil 1-iyundan boşlab “Bir million yaşil oila” umummilliy harakati doirasida maxsus platforma işga tuşirilib, u orqali bir sutka davomida kamida 10 ming qadam yurganlarga “Ekofaol fuqaro” maqomi beriladi hamda ularga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:

➖davlat xizmatlaridan foydalanişda 10 foiz çegirma;
➖davlat uluşi 50 foizdan yuqori bölgan banklarda isteʼmol kreditini olişda çegirma;
➖oilaning barça voyaga yetgan aʼzolari “Ekofaol fuqaro” maqomini olganda, uşbu oilaga “yaşil oila” maqomini beriş hamda ularga har yili lotereya orqali 14 ta elektromobildan birini yutiş imkoniyatini taqdim etiş.

❗️Eslatma: bundan avval, 2021-yildan boşlab bir sutkada 10 ming qadam yurganlarga har kuni 3000 sömdan pul tölaş yölga qöyilgan edi. 2022-yil yanvar oyida esa piyoda yurganlarga pul beriş töxtatilib, örniga yangiça rağbatlantiriş tizimi (har hafta 100 million söm va mingta velosiped beriş) yölga qöyilişi vaʼda qilindi. Oradan uç oy ötib esa piyoda yurganlarni rağbatlantiriş tizimi imi-jimida butunlay bekor qilib yuborildi. Muhokamaga qöyilgan Prezident farmoni loyihasi bilan uşbu tizim yana qaytadigan bölyapti.

Şuningdek, aholisining yarmi “yaşil oila” maqomini olgan mahallalarda “Eng toza mahalla” va “Eng yaşil mahalla” tanlovlarini ötkazilib, ğolib mahallalar jamğarmasiga quyidagi maqsadlar uçun 500 million söm ajratiladi:

🔹bolalar maydonçasini quriş;
🔹yaşil boğ yaratiş;
🔹çiqindi yiğiş maydonçalarini quriş va çiqindi konteynerlarini örnatiş.

👉@xushnudbek👈

  • 6 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek