Prezident farmoniga köra, aholi tomorqasi va dehqon xöjaliklari yerlaridan foydalaniş monitoring qilinadi
Prezident farmoniga köra, aholi tomorqasi va dehqon xöjaliklariga ijaraga berilgan yer maydonlaridan samarali foydalaniş böyiça hokim yordamçisi tomonidan hududning iqlim şaroitini inobatga olgan holda har çorakda monitoring olib boriladi.
Örganiş davomida ekin töliq ekilmagan va qarovsiz qoldirilgan bölsa (fors-major holatlari bundan mustasno) quyidagi çoralar qöllaniladi:
➖ tomorqa yer egalari va dehqon xöjaliklariga davlat dasturlari doirasidagi imtiyozli kreditlar berilmaydi;
➖ Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolar uçun nazarda tutilgan imtiyozlar töxtatiladi;
➖ "Online mahalla" elektron platformasi maʼlumotlari asosida ekin ekilmaganligi aniqlangan yil uçun yer soliği stavkasi uç karra miqdorda hisoblanadi.
Bunda tomorqa va ijaraga berilgan yer maydonlaridan samarali foydalaniş yölga qöyilgan, yaʼni ekin ekiladigan maydonlariga ekin ekilgan taqdirda, "mahalla yettiligi" kafilligi bilan barça imtiyozlar va amaldagi soliq stavkalari tiklab beriladi.

