Özbek yigiti Ukrainadagi uruşda vafot etdi
📹 Özbek yigiti Ukrainadagi uruşda vafot etdi
Rossiyaga işlaş uçun ketgan yurtdoşimiz Ş.Tojiboyev taksiçilik qilayotgan paytda maşinasidan geroin moddasi topilgani uçun ozodlikdan mahrum qilinadi. Onasining aytişiça, unga tuhmat qilişgan.
U jazoni ötayotgan bir vaqtda Rossiya-Ukraina örtasidagi harbiy nizolarda iştirok etiş uçun safarbar etilgan. Köp ötmay Ş.Tojiboyev uruşda vafot etadi va uning jasadi tobutda Özbekistonga keltiriladi. U dron hujumlari natijasida vafot etgan, tanasining yarmi yöq bölib ketgan.
Bu haqda marhumning onasi sözlab bergan.
P/S: yaqinda xuddi şu masala böyiça qiziqib körgan edim. Özbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan Rossiyaga öqişga yuborilgan harbiy-kursantlardan biri xuddi şunaqa narkotik taşiş ayblovi bilan qamalib qolgan ekan. Onaizor “öğlimga tuhmat qilişgan, mayli, heç bölmasa Özbekistonga qaytarişsin” deb bormagan eşigi qolmabdi. Mendan ham yordam berişni iltimos qildi.
Ming afsuski, norasmiy xabarlarga köra, Rossiyada 20 mingdan ortiq Özbekiston fuqarolari turli sabablar bilan qamoqda. Rossiya Hukumati bilan mahbuslarni almaşiş töğrisida bitim yöq, şu sababli mahbuslarni Özbekistonga olib kelişda öziga xos muammolar bor ekan.
Ammo Rossiya tomoni videoda körsatilgan Ş.Tojiboyev singari yigitlarimizni uruşning öçoğiga ölimga yubormoqda. Bu naqadar jirkançlik. Mahbuslarning ojizligidan, qiyin holatidan foydalanib, ularga goʼyoki ozodlik vaʼda qilib, ölim putyovkasi beryapti. Jin ursin senlarni.
Rossiyadagi özbek mahbuslarni, ayniqsa kuçga tölgan yoşlarni bir imkonini qilib yurtimizga qaytariş kerak. Yöqsa, ularning köpçiligi ahmoqona uruşda kimlarningdir qabih maqsadlari yölida ölib ketişi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈


