OTMlarda masofaviy taʼlimni joriy etiş tartibi belgilandi
❗️OTMlarda masofaviy taʼlimni joriy etiş tartibi belgilandi
Bu haqda Hukumatning tegişli qarori (559-son, 03.10.2022 y.) qabul qilindi.
Bakalavriat va magistratura bosqiçlarida darslarni masofaviy taʼlim orqali taşkil etiş uçun OTMlarda:
✅ masofaviy taʼlimni boşqariş uçun “Learning Management System” platformasi;
✅ internetga ulaniş va foydalaniş uçun axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi;
✅ öquv yili uçun möljallangan öquv kontenti;
✅ fanlarning elektron öquv-metodik majmualari hamda ilmiy va öquv adabiyotlarining elektron bazasi;
✅ kompyuter texnikasi bilan jihozlangan alohida bino yoki auditoriyalar;
✅ texnik va dasturiy komponentlar işlaşini taʼminlaydigan muhandis-texnik xodimlar;
✅ taʼlim taşkilotiga tegişli bölgan, mamlakat hududida joylaşgan server qurilmasi;
✅ taʼlim taşkiloti töğrisidagi barça axborotlar joylaştirilgan rasmiy veb-sahifa bölişi talab etiladi.
Masofaviy taʼlim asosida kadrlar tayyorlaşda bir bakalavriat taʼlim yönalişi 300 nafar, bir magistratura mutaxassisligi 30 nafar talabadan ortiq bölmasligi lozim.
✅ Masofaviy taʼlimda öqişga qabul qilingan talaba quyidagi hollarda oliy taʼlim taşkilotiga kelişi şart:
➖ öquv jarayoni boşlanişidan avval – LMS platformasida röyxatdan ötiş uçun;
➖ har semestr yakunida – yakuniy nazorat topşiriş uçun.
✅ Şuningdek:
➖ yakuniy davlat attestatsiyasi;
➖ bitiruv malakaviy va magistrlik işi himoyasi bevosita oliy taʼlim taşkilotida anʼanaviy tarzda amalga oşiriladi.
❗️Masofaviy taʼlim şakli tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.
👉 @xushnudbek 👈


