Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

OTMga öqişga kiritiş bilan boğliq firibgarlik holatlari aniqlandi

Video5-avgust, 2023, 15:023 daqiqa0 koʻrish

OTMga öqişga kiritiş bilan boğliq firibgarlik holatlari aniqlandi

Andijon davlat universiteti xodimi yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali fuqaroni mazkur oliy öquv yurtining “Biologiya” yönalişining sirtqi bölimiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

***
Qarşi şahrida yaşovçi şaxs özganing işonçiga kirib, mansabdor tanişlari yordamida uni Qarşi davlat universitetining “Sport” fakultetiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 3 ming dollar olgan vaqtida uşlandi.

***
Çirçiq davlat pedagogika universitetining
bölim boşliği 2 nafar fuqaroning Rossiya Federatsiyasi oliy öquv yurtidagi öqişini özi faoliyat yuritayotgan universitetga köçirib beriş va 2 nafar fuqaroga ingliz tilini biliş böyiça xalqaro sertifikat olib beriş evaziga 10 ming 100 dollar olgan vaqtida uşlandi.

***
Çirçiq davlat pedagogika universiteti
öqituvçisi fuqaroni uşbu oliy öquv yurtining maktabgaça va boşlanğiç taʼlimda jismoniy tarbiya yönalişiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 3 ming dollar olgan vaqtida uşlandi.

***
Qibray tumanida yaşovçi er-xotin özlarining tanişlari yordamida fuqaroni Çirçiq davlat pedagogika universitetiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 3 ming 500 dollar olgan vaqtlarida uşlandi.

Barça holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168 (firibgarlik) va 28, 211 (pora beriş) moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek