«Perevod»ga ariza hali qabul qilinmadi, endi nima böladi?
❓“Perevod”ga ariza hali qabul qilinmadi, endi nima böladi?
#perevod
Bugun öqişni davlat OTMlariga köçirişga ariza berişning oxirgi kuni.
Lekin köplab ariza topşirgan talabalarda ariza holati “Körib çiqiş uçun qabul qilindi” bölib turibdi. Bu nima degani? Agar bugun muddat tugagunça ariza qabul qilinmasa, keyin muammo bölmaydimi?
Yöq, muammo bölmaydi. Asosiysi bugun ariza yuborişga ulguriş kerak.
Yuborilgan arizalar töğriligi va hujjatlar yetarli ekanligi komissiya tomonidan körib çiqiladi hamda bu maʼlum muddat talab etiladi. Odatda 2-3 kun, baʼzan esa 1 haftadan ham oşişi mumkin.
Şu sababli sizda “Körib çiqiş uçun qabul qilindi” degan bölsa, bu xavotirli emas. Eng muhimi hujjatlarni töğri yuklagan bölsangiz kifoya.
👉 @xushnudbek 👈

