Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Öqişga kiritib qöyişni vaʼda qilgan firibgarlar uşlandi

Matn6-oktabr, 2023, 16:241 daqiqa0 koʻrish

Öqişga kiritib qöyişni vaʼda qilgan firibgarlar uşlandi

Muqaddam firibgarlik va boşqa jinoyatlari uçun sudlangan N.M. fuqarolarning işonçiga kirib, ularning farzandlarini goʼyoki yuqori lavozimda işlovçi tanişlari yordamida Toşkent tibbiyot akademiyasiga öqişga kiritib qöyişi evaziga jami 8 ming dollar va 43,5 mln sömini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan.

***
Fuqaro Ş.S. boşqa bir fuqaroni tanişlari yordamida Toşkent şahridagi “Renessans” nomli xususiy oliy taʼlim muassasasiga öqişga kiritib qöyişi evaziga 2 ming dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

***
Fuqaro M.E. boşqa bir fuqaroga Rossiya yoki Tojikiston davlatlaridagi oliy öquv yurtida öqiganligi haqida hujjatlar rasmiylaştirib beriş orqali Toşkent şahridagi oliy taʼlim muassasasiga öqişga kiritib qöyişni ("perevod qilişni") vaʼda qilib, evaziga 8 mln sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek