Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Sport

Öz uyingda devorlar ham yordam beradi: Anvar Klevleyevning oltin medali xitoylik sportçiga olib berildi

Albom6-oktabr, 2023, 14:011 daqiqa0 koʻrish

Öz uyingda devorlar ham yordam beradi: Anvar Klevleyevning oltin medali xitoylik sportçiga olib berildi

Bugun kanoe-slalomida eşkak eşiş böyiça musobaqalarda hamyurtimiz Anvar Klevleyev eng yaxşi natija bilan 1-örinni olgan edi. Ammo keyinçalik hakamlar antiqa qaror çiqarişdi.

Hakamlar xitoylik sportçiga berilgan jarima soniyalarini töliq bekor qildi va uning natijasi 98,20 soniyaga özgartirildi.

Boz ustiga hakamlar aslida marraga 96,63 soniyada yetib kelgan Anvar Klevleyevga 2 soniya jarima bali qöşib berdi. Natijada Anvar 98,63 soniya natija bilan 2-öringa tuşib qoldi va Osiyo öyinlarining kumuş medali sohibi böldi.

Garçi nohaqlik evaziga hamyurtimizdan oltin medal tortib olingan bölsa-da, Anvar Klevleyevga katta rahmat aytamiz! Sen biz uçun çempionsan!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek